Nunes Arab chempionati ro'yxatidan chiqarildi, Benzema kiritildi

Nunes Arab chempionati ro'yxatidan chiqarildi, Benzema kiritildi

Urugvaylik hujumchi Darvin Nunes mavsumning qolgan qismida Arab chempionatida maydonga tushmaydi. «Al-Hilol»ning italiyalik bosh murabbiyi jamoa tarkibiga yangi qo'shilgan Karim Benzemani ro'yxatga kiritish uchun Nunesni chempionat uchun berilgan arizadan chiqarib tashladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shu bilan birga, Nunes Osiyo Chempionlar Ligasi uchrashuvlari uchun «Al-Hilol»ning qaydnomasida saqlab qolindi va ushbu turnir doirasidagi o'yinlarda jamoaga yordam berishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Nunes avvalroq Ispaniyaning «Almeriya», Portugaliyaning «Benfika» hamda Angliyaning «Liverpul» klublarida to'p surgan. U 2019 yildan buyon Urugvay terma jamoasiga chaqirib kelinadi, hozircha milliy jamoa safida 13 ta gol urgan va Qatar-2022 jahon chempionatida ham ishtirok etgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.