Maykl Olise Bavariyadagi ilk bor Bundesliga o‘yinini o‘tkazib yuboradi

Maykl Olise Bavariyadagi ilk bor Bundesliga o‘yinini o‘tkazib yuboradi

Myunxenning «Bavariya» klubi qanot hujumchisi Maykl Olise Germaniya chempionatining navbatdagi turida «Verder»ga qarshi uchrashuvda maydonga tusha olmaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

O‘tgan turda 24 yoshli fransuz futbolchi mavsumdagi beshinchi sariq kartochkasini olib, diskvalifikatsiya qilindi. Shu sabab u yaqinlashib kelayotgan bahsda jamoasiga yordam bera olmaydi. Bu Olise «Kristal Pelas»dan 2024 yil yozida «Bavariya»ga o‘tganidan beri Bundesligada ilk bor uchrashuvni o‘tkazib yuborishi bo‘ladi.

Olise bungacha jamoaning ketma-ket 55 ta o‘yinida qatnashib, 22 ta gol urdi va 36 ta golli uzatmani amalga oshirdi. «Bavariya»ning hozirgi tarkibidagi hech bir futbolchi bunday ko‘rsatkich bilan maqtana olmaydi.

Bundesliganing 22-turi doirasidagi «Verder» – «Bavariya» uchrashuvi 14 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin 19:30 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.