Pochettino Messsi Neymar va Mbappeni boshqarish qiyin dedi

Pochettino Messsi Neymar va Mbappeni boshqarish qiyin dedi

PSJning sobiq bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Parijda yulduzlar bilan ishlash oson emasligini ta'kidladi. Argentinalik mutaxassis davrida hujumda Lionel Messi, Neymar va Kilian Mbappe uchligi maydonga tushgan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Pochettinoning aytishicha, bunday futbolchilar ba'zan o'ynayotgan klubidan ham kattaroq miqyosga ega bo'ladi va bu murabbiy ishini yanada murakkablashtiradi. U, xususan, Messidan doimiy pressing kutib bo'lmasligini qayd etdi: Messi hatto Gvardiola qo'l ostidagi eng zo'r yillarida ham doimiy pressing qilmagan.

Mutaxassis fikricha, natija bo'lmagan paytda ayb ko'pincha futbolchilarga emas, murabbiyga yuklanadi. Pochettino The Touchline nashriga bergan izohida aynan shu holatni misol sifatida keltirdi.

Hozirda Maurisio Pochettino AQSh terma jamoasini jahon chempionatiga tayyorlamoqda. OAVda esa u yozda yana «Tottenhem»ga qaytishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.