Mark Kukurelya jarohatidan keyin qachon safga qaytishi aytildi

Mark Kukurelya jarohatidan keyin qachon safga qaytishi aytildi

"Chelsi" himoyachisi Mark Kukurelya APLda "Lids"ga qarshi o‘yinda jarohat oldi. Ispaniyalik futbolchi noqulaylik sezgani sabab tanaffusda almashtirildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

AS nashri jurnalistlari bergan ma’lumotga ko‘ra, Kukurelyaning tiklanishi taxminan uch-to‘rt hafta vaqt oladi. Shunday bo‘lsa, himoyachi mart o‘rtalariga borib to‘liq safga qaytadi va 27 mart kuni bo‘ladigan Argentina bilan Finallisima bahsida Ispaniya terma jamoasiga yordam bera oladi.

2025/2026 yilgi mavsumda Mark Kukurelya "Chelsi" safida 35 uchrashuvda maydonga tushdi. Bu o‘yinlarda u 1 gol urib, jamoadoshlariga 3 ta golli uzatma berdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.