Byanki Konte davrida Napoli ilk mavsumni zo'r o'tkazdi

Byanki Konte davrida Napoli ilk mavsumni zo'r o'tkazdi

Italiyaning «Napoli» klubi sobiq bosh murabbiyi Ottavio Byanki jamoa atrofidagi hozirgi vaziyat haqida fikr bildirdi. Mutaxassisga ko'ra, Antonio Kontening ishiga jarohat olgan futbolchilar sonining ko'pligi jiddiy xalal bermoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Byanki «Napoli» Kontening ilk mavsumida juda ishonchli o'yin ko'rsatganini ta'kidladi. Ammo ayni paytda vaziyat murakkablashgan: klub Chempionlar ligasi hamda Italiya Kubogi musobaqalarini tark etgan. Uning aytishicha, bunday natijalarga jarohatlar katta ta'sir qilgan, biroq u bilmaydigan boshqa omillar ham bo'lishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Ottavio Byanki o'tgan asrning 80-yillarida «Napoli»ni boshqargan, o'sha davrda klub safida Diego Maradona porlagan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.