Gamburg Unionga qarshi irodali g'alabani qo'lga kiritdi

Gamburg Unionga qarshi irodali g'alabani qo'lga kiritdi

Germaniya chempionatining 22-turida «Gamburg» o'z maydonida «Union Berlin»ni qabul qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuvda hisobni mehmonlar 28-daqiqada ochdi: Leopold Kverfeld penaltidan aniq zarba berdi — 0:1. Biroq «Gamburg» tezda javob qaytardi: 35-daqiqada Ransford Kenigsdorffer Robert Glatsel uzatmasidan foydalanib, muvozanatni tikladi. Birinchi bo'lim yakunida esa Nikolas Kapaldo mezbonlarni oldinga olib chiqdi — 2:1.

Ikkinchi taymda «Union» javob izlar ekan, Derrick Koen jarima zarbasidan to'singa tekkizib yubordi. 82-daqiqada esa Kenigsdorffer Gyorgi Gocholeshvili pasidan so'ng dublini rasmiylashtirib, «Gamburg»ning ustunligini mustahkamladi — 3:1.

O'yin oxirlarida intriga qaytdi: 89-daqiqada Oliver Byork Andrey Ilichning uzatmasini bosh bilan golga aylantirdi — 3:2. Shunga qaramay, «Gamburg» hisobni saqlab qoldi va irodali g'alabani qo'lga kiritdi.

Ushbu natijadan so'ng jamoalar turnir jadvalida to'qqizinchi o'rinni bo'lib turibdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.