Perreynning goli Lillni Brestga qarshi mag'lubiyatdan asradi

Inqirozdan endigina chiqib kelayotgan “Lill” o'z maydonida “Brest”ni qabul qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvning 58-daqiqasida Remi Laskari jarima maydoni tashqarisidan aniq zarba berib, mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan ko'p o'tmay Felish Korreyaning uzatmasidan keyin Gaetan Perreyn gol urdi va “Lill” hisobni tenglashtirdi — 1:1.
Durangdan so'ng “Lill” turnir jadvalida beshinchi o'ringa ko'tarildi, “Brest” esa 12-pog'onada qoldi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













