Yig‘la, Parij! Yig‘la, PSJ!

Yig‘la, Parij! Yig‘la, PSJ!
Yig‘la, Parij! Yig‘la, PSJ!

Kecha tunda bo‘lgan o‘yin benihoya shunaqa sarlavha qo‘yishga undadi, odamni. Boshqacha, bo‘lishi mumkin emasdi.

Gap bugun 4:0 hisobida ortda borib, 6ta gol urishni eplagan \"Barselona\" haqida ketmapti. Ular, so‘zsiz qahramonga aylanishdi. Gap boshqa joyda.

Qanday qilib, oltita gol o‘tkazish mumkin? Boz ustiga hammasi proffesional bo‘lsa. \"PSJ\"ga nima bo‘ldi, o‘zi? Parij futbolchilari bundan keyin qayday bosh ko‘tarishadi, endi? Erkaklik g‘urur bormidi, ularda?

Savollar ko‘p, ammo javob yo‘q.

Bitta narsa butun umrga qoladi: futbolga qiziqmagan odam ham \"PSJ\" ustidan kuladi. U boshqa narsa qila olmaydi, u faqat kuladi. Axir bu darhaqiqat uyatli holatdir. Hech kimni boshiga tushmasin, shunaqa kunlar.

Yig‘la, Parij! Bosh jamoangning holini ko‘rib, yig‘la.

Ular endi ancha payt maydonga tushishmasa ham bo‘laveradi...

Manba: www.uff.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.