Aleksandr Yelagin Ronalduning boykotdan keyin qaytishini ta'kidladi

Aleksandr Yelagin Ronalduning boykotdan keyin qaytishini ta'kidladi

Saudiya Arabistoni chempionatining 22-turida «Al-Nasr» safarda «Al-Fateh»ni 2:0 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuvdagi gollardan biriga 41 yoshli hujumchi Krishtianu Ronaldu mualliflik qildi — u boykotdan keyin maydonga qaytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

O'yindan so'ng futbol sharhlovchisi Aleksandr Yelagin portugaliyalik yulduzning harakatlariga yuqori baho berdi.

«Buyuk futbolchi boykotdan keyin qaytdi va gol urdi. Faqat gol uribgina qolmay, himoyada ham tinmay ishladi: bir necha bor jarima maydonchasidan to'pni tepib yubordi. Xuddi yosh boladek yuguradi! Ham qoyil qoldim, ham havas qildim», — deb yozdi Yelagin ijtimoiy tarmoqlarda.

Joriy mavsumda Saudiya Arabistoni chempionatida Ronaldu 19 ta o'yinda 18 ta gol urdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.