Elagin Ronaldu boykotdan keyin maydonga shiddat bilan qaytdi

Elagin Ronaldu boykotdan keyin maydonga shiddat bilan qaytdi

Saudiya Arabistoni chempionatining 22-turi doirasidagi safar uchrashuvida «Al-Nasr» «Al-Fateh»ni 2:0 hisobida mag'lub etdi. Gollardan birini 41 yoshli hujumchi Krishtianu Ronaldu urdi — u maydonga boykotdan so'ng qaytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuvdan keyin futbol sharhlovchisi Aleksandr Elagin portugaliyalik yulduzning o'yini haqida fikr bildirdi.

«Buyuk futbolchi ish tashlashdan keyin qaytdi va gol urdi. Shunchaki gol urib qo'ymadi, himoyada ham ishladi — bir necha bor darvozaxonadan to'pni tepib yubordi. Yigitlardek yuguryapti. Ham qoyil qolyapman, ham havas qilayapman», — deb yozdi Elagin ijtimoiy tarmoqlarda.

Joriy mavsumda Saudiya Arabistoni chempionatida Ronaldu 19 o'yinda 18 ta gol muallifi bo'ldi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.