Yelagin boykotdan keyin Ronaldu maydonga qaytdi va gol urdi

Yelagin boykotdan keyin Ronaldu maydonga qaytdi va gol urdi

Saudiya Arabistoni chempionatining 22-turida «Al-Nasr» safarda «Al-Fateh»ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvdagi gollardan birini 41 yoshli markaziy hujumchi Krishtianu Ronaldu kiritdi — u boykotdan so‘ng yana maydonga qaytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Futbol sharhlovchisi Aleksandr Yelagin portugaliyalik yulduzning o‘yindagi harakatlariga alohida to‘xtaldi.

«Buyuk futbolchi qaytdi va gol urdi. Faqat gol bilan cheklanmay, himoyada ham ishladi — bir necha bor to‘pni jarima maydonidan uzoqlashtirdi. Xuddi o‘smirdek yuguradi. Hayratlanaman ham, havas ham qilaman», — deb yozdi Yelagin ijtimoiy tarmoqlarda.

Joriy mavsumda Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatida 19 o‘yinda 18 ta gol urdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.