Zhezush Ronalduning keyingi o'yinda dam olishini aytdi

Zhezush Ronalduning keyingi o'yinda dam olishini aytdi

“Al-Nasr” bosh murabbiyi Zhorzhe Zhezush Krishtianu Ronalduning yaqinlashib kelayotgan uchrashuvni o'tkazib yuborishiga izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida “Arkadag” maydoniga safar qiladi. Portugaliyalik yulduz hujumchi tez orada maydonga qaytishi kutilayotgani aytilayotgan bo'lsa-da, bu bahsda u yana jamoaga yordam bera olmaydi.

“Jadval juda tig'iz. Shuning uchun Ronalduga va asosiy tarkibdagi ayrim futbolchilarga dam berishga qaror qildik — oldinda “Al-Fateh”ga qarshi muhim o'yin bor”, — dedi Zhezush. Uning so'zlarini Al Nassr Zone keltirdi.

Murabbiy, shuningdek, Ronalduning Saudiyadan tashqarida o'tadigan o'yinlarda vaqti-vaqti bilan qatnashmasligi yangilik emasligini ta'kidladi.

Saudiy chempionatidagi “Al-Fateh” — “Al-Nasr” uchrashuvi shanba kuni, 14-fevral kuni bo'lib o'tadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.