Yelagin Ronaldu boykotdan keyin yana maydonga qaytdi

Yelagin Ronaldu boykotdan keyin yana maydonga qaytdi

Saudiya Arabistoni chempionatining 22-turida «Al-Nasr» safarda «Al-Fateh»ni 2:0 hisobida magʻlub etdi. Uchrashuvdagi gollardan birini 41 yoshli hujumchi Krishtianu Ronaldu kiritdi — u boykotdan soʻng yana maydonga qaytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Oʻyindan keyin futbol sharhlovchisi Aleksandr Yelagin portugaliyalik yulduzning harakatlarini alohida taʼkidladi.

Yelagin ijtimoiy tarmoqlarda Ronaldu nafaqat gol urgani, balki himoyada ham faol ishlagani, jarima maydonida bir necha bor toʻpni uzoqlashtirganini yozdi. Uning fikricha, Ronaldu “goʻyo yosh boladek” yugurib, maydonda katta ishtiyoq bilan harakat qilgan.

Joriy mavsumda Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatida 19 ta oʻyinda 18 ta gol urdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.