Boka Xuniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Boka Xuniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Argentinaning «Boka Xuniors» klubi sport direktori lavozimiga Marselo Delgadoni tayinlaganini ma’lum qildi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jamoa tarkibini tezkor kuchaytirish zarurati borligi ta’kidlanmoqda va Delgadoga Rikelme bilan birga transfer hamda seleksiya masalalarida faol ish olib borish vazifasi yuklatiladi.

Delgado futbolchilik faoliyatida ham tanilgan: u 1995–2002 yillarda Argentina terma jamoasi safida 18 ta uchrashuvda maydonga tushgan, jumladan 1998 yilgi jahon chempionatida ham qatnashgan.

Shuningdek, u 2003 yilda Libertadores kubogi to‘purarlari ro‘yxatida «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga yetakchi bo‘lgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.