Arbeloa Benfikaga qarshi o'yin qiyin bo'lishini aytdi

Arbeloa Benfikaga qarshi o'yin qiyin bo'lishini aytdi

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Chempionlar ligasida «Benfika»ga qarshi bo'ladigan uchrashuv arafasida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassisning ta'kidlashicha, jamoa Lissabonda yuqori darajadagi futbol ko'rsatishi shart. Arbeloa «Real» seshanba kuni g'alaba uchun bor kuchini ishga solishi kerakligini urg'uladi.

Eslatib o'tamiz, Chempionlar ligasining umumiy bosqich so'nggi turida «Real» safarda «Benfika»ga 2:4 hisobida imkoniyatni boy bergan, bu natija esa portugaliyaliklarni pley-offga olib chiqqandi.

Chempionlar ligasi pley-off saralash bosqichi doirasidagi «Benfika» — «Real» juftligining ilk uchrashuvi 17 fevral kuni bo'lib o'tadi. Start hushtagi 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) yangraydi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.