Yelagin Ronaldu boykotdan qaytib yana gol urdi

Yelagin Ronaldu boykotdan qaytib yana gol urdi

Saudiya Arabistoni chempionatining 22-turida «Al-Nasr» safarda «Al-Fateh»ni 2:0 hisobida maglub etdi. Uchrashuvdagi gollardan biriga 41 yoshli markaziy hujumchi Krishtianu Ronaldu mualliflik qildi — u boykotdan keyin maydonga qaytib, darhol o'z so'zini ayta oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

O'yinni sharhlagan futbol kommentatori Aleksandr Yelagin portugaliyalik yulduzning harakatlaridan hayratda qolganini aytdi. Uning ta'kidlashicha, Ronaldu nafaqat gol urdi, balki himoyada ham faol ishladi: jarima maydoni ichida bir necha bor to'pni uzoqlashtirib, jamoasiga yordam berdi.

«Buyuk futbolchi boykotdan keyin qaytdi va gol urdi. Eng qizig'i, himoyada ham jonbozlik ko'rsatdi — darvozabon maydonidan to'pni bir necha marta tepib chiqardi. Yigitlardek yuguradi! Ham qoyil qolaman, ham havas qilaman», — deb yozdi Yelagin ijtimoiy tarmoqlarda.

Joriy mavsumda Saudiya Arabistoni chempionatida Ronaldu 19 uchrashuvda 18 ta gol urdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.