Yelagin Ronaldu boykotdan keyin maydonga qaytdi va gol urdi

Yelagin Ronaldu boykotdan keyin maydonga qaytdi va gol urdi

Saudiya Arabistoni chempionatining 22-turida «Al-Nasr» safarda «Al-Fatех»ni 2:0 hisobida maglub etdi. Uchrashuvdagi gollardan biriga 41 yoshli markaziy hujumchi Krishtianu Ronaldu mualliflik qildi — u boykotdan so‘ng yana maydonga qaytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Futbol sharhlovchisi Aleksandr Yelagin portugaliyalik yulduzning bu o‘yindagi harakatlariga alohida to‘xtaldi.

«Buyuk futbolchi boykotdan keyin qaytdi va gol urdi! Shunchaki gol urib qo‘ymadi — himoyada ham ishladi, bir necha bor jarima maydonchasidan to‘pni uzoqlashtirdi. Go‘yo yosh boladay yuguradi! Ham qoyil qoldim, ham havas qildim», — deb yozdi Yelagin ijtimoiy tarmoqlarda.

Joriy mavsumda Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatida 19 o‘yinda 18 ta gol urgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.