Arbeloa Alonsoning ketishidan keyin Realni tiklab oldi

Arbeloa Alonsoning ketishidan keyin Realni tiklab oldi

Madridning “Real” klubida bosh murabbiy Alvaro Arbeloa jamoa ichidagi vaziyatni barqarorlashtira oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Avvalgi ustoz Xabi Alonso futbolchilar bilan mustahkam aloqa o‘rnata olmadi va oxir-oqibat ularning ishonchini ham yo‘qotdi. “Gazeta.Ru” Diario AS’ga tayanib xabar berishicha, Arbeloa kelishi bilan jamoada muhit yana iliqlashdi, kiyinish xonasida birlik qayta tiklandi.

Eslatib o‘tamiz, “Real” 12 yanvar kuni Alonsoni ishdan bo‘shatib, uning o‘rniga Arbeloani tayinlagan edi. Shundan beri madridliklar sakkizta uchrashuv o‘tkazib, olti g‘alaba va ikki mag‘lubiyat qayd etdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.