Yelagin Ronaldu boykotdan so'ng qaytdi va gol urdi

Yelagin Ronaldu boykotdan so'ng qaytdi va gol urdi

Saudiya Arabistoni chempionatining 22-turida «Al-Nasr» safarda «Al-Fateh»ni 2:0 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuvdagi gollardan biriga 41 yoshli hujumchi Krishtianu Ronaldu mualliflik qildi — u maydonga boykotdan keyin qaytgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Futbol sharhlovchisi Aleksandr Yelagin portugaliyalik yulduzning bu o'yindagi harakatlarini alohida ta'kidladi.

«Buyuk futbolchi boykotdan keyin qaytdi va gol urdi! Faqat gol bilan cheklanmay, himoyada ham ishladi — bir necha bor jarima maydonchasidan to'pni uzoqlashtirdi. Go'yo yosh boladek yuguradi! Ham qoyil qolaman, ham havas qilaman», — deb yozdi Yelagin ijtimoiy tarmoqlarda.

Joriy mavsumda Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatida 19 ta uchrashuvda 18 ta gol urdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.