Barselona Jirona bilan uchrashuv uchun tarkibni e'lon qildi

“Barselona” Ispaniya chempionatida dushanba kuni “Jirona”ga qarshi o‘yin uchun qaydnomani taqdim etdi. “Ko‘k-anorranglilar” ro‘yxatidan darvozabonlar va barcha chiziqlar bo‘yicha bir qator asosiy futbolchilar joy oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvga jalb qilingan futbolchilar: Joan Garsiya, Shchesniy, Kochen; Kanselu, Balde, Arauxo, Kubarsi, Martin, Kunde, Erik Garsiya; Fermin Lopes, Kasado, Olmo, de Yong, Bernal, Markes; Ferran Torres, Levandovskiy, Yamal, Rafinya, Bardji.
“Jirona” — “Barselona” o‘yini Toshkent vaqti bilan 01:00 da start oladi. Bellashuv tafsilotlarini matnli onlayn translyatsiya orqali kuzatish mumkin.
Shuningdek, klub Rafinyaning holati yuzasidan alohida bayonot berganini ham ma’lum qildi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













