RB Leyptsig asosiy darvozabon Gulachidan vaqtincha ayrildi

“RB Leyptsig” kamida bir yarim oyga jamoaning asosiy darvozaboni Peter Gulachidan foydalana olmaydi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Vengriyalik posbon “buqalar”ning “Volfsburg”ga qarshi uy uchrashuvida jarohat oldi va birinchi bo‘limdayoq maydonni tark etdi.
Yangilikdagi ijobiy jihat — futbolchiga jarrohlik amaliyoti kerak bo‘lmaydi. Shifokorlar unda chap tizzadagi medial kollateral bog‘lam yorilishini aniqlashdi. Gulachi joriy mavsumda barcha musobaqalarda 22 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 10 uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Ayni paytda “RB Leyptsig” Bundesligada 40 ochko bilan turnir jadvalining beshinchi pog‘onasida bormoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













