Ikardi xet-trik qildi va Galatasaray rekordini yangiladi

Turkiya chempionatining 22-turida “Galatasaray” “Eyupspor”ni 5:1 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratdi. Uchrashuv qahramoni argentinalik hujumchi Mauro Ikardi bo‘ldi — u bu bahsda uchta gol urdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu xet-trik orqali Ikardi klub tarixidagi eng sermahsul legionerga aylandi. U bu ko‘rsatkichda ruminiyalik Georghe Hadjini ortda qoldirdi: Hadjining “Galatasaray” safidagi gollari 75 ta bo‘lgan bo‘lsa, Ikardining hisobida endi 76 ta gol bor. Umumiy to‘purarlar ro‘yxatida esa argentinalik futbolchi yettinchi o‘rinda qayd etilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Mauro Ikardi 2023 yildan beri “Galatasaray” sharafini himoya qilib keladi. U bunga qadar PSJ safida ham to‘p surgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













