Simeone Oblak tanqidiga javob berib, bahsni yopdi

Simeone Oblak tanqidiga javob berib, bahsni yopdi

Madridning "Atletiko" klubi "Rayo Valyekano"dan 0:3 hisobida yengilgach, jamoa darvozaboni Yan Oblak bosh murabbiy Diyego Simeonening o‘yin uchun eng kuchli tarkibni tushirmagan qarorini tanqid qilgandi. Sloveniyalik posbon bu uchrashuvga yondashuvni shubha ostiga qo‘ydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Oradan ko‘p o‘tmay, Simeone Oblakka javob qaytardi. "Men u bilan rozi emasman. Biz qaysi o‘yinda maydonga tushib, qaysisida kutib turishni tanlamaymiz. Shunchaki uchrashuvni yomon o‘tkazdik. "Rayo" bizdan yaxshiroq o‘ynadi", — deya argentinalik mutaxassisning so‘zlarini derbyderbyderby.it keltirdi.

Ayni paytda "Atletiko" Ispaniya chempionati turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.