Palladino Dortmunddagi bahsdan zavq olishga chaqirdi

Palladino Dortmunddagi bahsdan zavq olishga chaqirdi

Italiyaning “Atalanta” jamoasi bosh murabbiyi Raffaele Palladino Chempionlar ligasida Dortmundning “Borussiya”siga qarshi safardagi uchrashuv oldidan fikr bildirdi. Pley-off bosqichining ilk o'yini 17-fevral kuni bo'lib o'tadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassisning aytishicha, futbol va murabbiylik kasbi ulkan hissiyotlar ulashadi. U uchrashuvga tayyorgarlik jarayonida adrenalinni kuchli his qilayotganini, futbolchilar ham maydonga chiqishni intiqlik bilan kutayotganini ta'kidladi. Palladinoga ko'ra, jamoa bu o'yindan maksimal darajada zavq olishi kerak.

Shuningdek, u Dortmund muxlislarining tribundagi jo'shqin qo'llab-quvvatlashi bahs tomoshabopligini yanada oshirishini qayd etdi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 01:00 da start oladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.