Ikardi xet-trigi Galatasarayga tarixiy rekord olib keldi

Ikardi xet-trigi Galatasarayga tarixiy rekord olib keldi

Turkiya chempionatining 22-turida Galatasaray Eyupsporni yirik hisobda mag'lub etdi — 5:1. Uchrashuvning bosh qahramoni argentinalik hujumchi Mauro Ikardi bo'lib, u raqib darvozasiga uch bor aniq zarba yo'lladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ushbu xet-trik Ikardiga klub tarixida yangi marrani taqdim etdi: u Galatasaray safida 76-golini urib, jamoa tarixidagi eng sermahsul legionerga aylandi. Avvalgi rekord ruminiyalik Georghe Hadjiga tegishli edi — u turk klubida 75 bor gol urgan.

Umumiy to'purarlar ro'yxatida esa Ikardi yettinchi pog'onani egallab turibdi. Eslatib o'tamiz, Mauro Ikardi 2023 yildan beri Galatasaray sharafini himoya qilmoqda, bungacha u PSJda to'p surgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.