Liverpul Gakponi yozda sotish variantini ko'rib chiqmoqda

Liverpul Gakponi yozda sotish variantini ko'rib chiqmoqda

"Liverpul" hujumchisi Kodi Gakpo jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jurnalist Uilson Koks bergan ma'lumotlarga ko'ra, "qizillar" 26 yoshli niderlandiyalik futbolchini yozgi transfer oynasida sotish ehtimolini muhokama qilmoqda. Klub yangi mavsum oldidan tarkibni yangilashni rejalashtirmoqda va Gakpo ketishi mumkin bo'lgan asosiy nomzodlar qatorida tilga olinmoqda.

Gakpo 2023 yilda PSVdan "Liverpul"ga 42 million yevro evaziga ko'chib o'tgandi. Uning amaldagi shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda 34 o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 4 ta golli pas berdi. Transfermarkt portali futbolchining bozor bahosini 70 million yevroga teng deb ko'rsatmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.