Di Marcio Vlahovich Milan variantidan deyarli voz kechdi

Di Marcio Vlahovich Milan variantidan deyarli voz kechdi

Serbiya hujumchisi Dushan Vlahovich Turinning «Yuventus» klubida qolishga tobora qat’iyroq qaror qilmoqda. Italiyalik taniqli jurnalist Janluka Di Marcio ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining «Milan»ga o‘tishi ehtimoli hozir deyarli nolga teng. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Avvalroq Massimiliano Allegri «Milan» boshqaruviga kelishi Vlahovich uchun jozibador omil bo‘lishi mumkinligi aytilgandi. Biroq manbaga ko‘ra, hujumchi hozirgi murabbiy Luciano Spalletti bilan ham yaxshi til topishgan va aynan shu hamkorlik uning fikrini o‘zgartirgan.

Ta’kidlanishicha, yaqin kunlarda Vlahovich vakillari «Yuventus» rahbariyati bilan muhim uchrashuvlar o‘tkazishi kutilmoqda. Asosiy maqsad — hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha kelishuvga kelish.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.