Echeverri Gironada yana o'zini baxtli his qilmoqda

Echeverri Gironada yana o'zini baxtli his qilmoqda

Argentina yarim himoyachisi Klaudio Echeverri «Manchester Siti»da asosiy tarkibdan joy ola olmadi va ijara asosida Germaniyaga yo'l oldi. Biroq u yerda ham o'zini noqulay his qilgan futbolchi oxir-oqibat La Ligadagi «Girona» safiga kelib qo'shildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Echeverrining aytishicha, Germaniyada u ruhiy jihatdan og'ir davrni boshdan kechirgan, Ispaniyada esa yana futbolning zavqini his qilyapti. «Germaniyada juda xafa edim. Bu yerda esa rohatlanaman, futbol o'ynab, zavqlanaman», — deya uning so'zlarini derbyderbyderby.it keltiradi.

Kecha «Girona» «Barselona»ni 2:1 hisobida mag'lub etdi. Hozir kataloniyaliklar Ispaniya chempionati turnir jadvalida 12-o'rinda bormoqda. La Liganing keyingi turida «Girona» safarda «Alaves»ga qarshi maydonga tushadi, uchrashuv 23-fevral, dushanba kuni bo'lib o'tadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.