Kassano Milanning o'yin uslubini keskin tanqid qildi

Kassano Milanning o'yin uslubini keskin tanqid qildi

Seriya A sobiq hujumchisi Antonio Kassano "Milan"ni tanqid qilishdan to'xtamayapti. Uning fikricha, "rossoneri"ning yangi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri jamoaga hozircha ijobiy o'yin tizimini bera olmagan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kassano "Milan" bu mavsum atigi uchta uchrashuvni munosib o'tkazganini aytdi: "Bolonya"ga qarshi ikkita va "Udineze" bilan bitta o'yin. Uning ta'kidlashicha, jamoada futbolni qanday o'ynash bo'yicha aniq g'oya yo'q, "Milan" esa go'yo 80-yillar uslubida harakat qilmoqda, deya iqtibos keltiradi pianetamilan.it.

Ayni paytda "Milan" A Seriya jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. Jamoa chorshanba kuni "Komo"ga qarshi maydonga tushadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.