Echeverri Gironada o'zini yana baxtli his qilyapti

Echeverri Gironada o'zini yana baxtli his qilyapti

Argentinalik yarim himoyachi Klaudio Echeverri "Manchester Siti"da o'z o'rnini topa olmadi va ijaraga Germaniyaga jo'natildi. Biroq u yerda ham o'yinchi o'zini erkin his qilmadi, natijada mavsum davomida yo'lini "Girona"dan topdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Futbolchi Ispaniyadagi muhit unga ancha mos kelganini ta'kidladi. Echeverrining so'zlariga ko'ra, Germaniyada kayfiyati tushib yurgan bo'lsa, "Girona"da esa futbolni rohat bilan o'ynab, jarayondan zavq olyapti.

Kecha "Girona" La Ligada "Barselona"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi. Hozir kataloniyaliklar Ispaniya chempionati jadvalida 12-o'rinda bormoqda. Keyingi turda "Girona" safarda "Alaves"ga qarshi maydonga tushadi, o'yin 23-fevral, dushanba kuni bo'lib o'tadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.