Kassano Milan o'yini 80-yillardagidek deyapti

Kassano Milan o'yini 80-yillardagidek deyapti

Italiya futboli sobiq hujumchisi Antonio Kassano "Milan"ni keskin tanqidlari bilan yana kun tartibiga chiqdi. U "rossoneri"ni yillar davomida tanqid qilib keladi va bu safar ham jamoaning yangi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri qurayotgan o'yin uslubidan ijobiy jihat topmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kassanoning fikricha, "Milan" joriy mavsumda bor-yo'g'i uchta uchrashuvni chindan ham yaxshi o'tkazgan: "Bolonya"ga qarshi ikki o'yin va "Udineze" bilan bitta bahs. U jamoada aniq futbol g'oyasi yo'qligini, boshqa klublarda esa bunday tizim borligini ta'kidladi. "Milan esa xuddi 80-yillar futbolini o'ynayotgandek", — deya Kassanoning so'zlarini pianetamilan.it keltirdi.

Ayni paytda "Milan" A Seriya turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. Jamoa chorshanba kuni "Komo"ga qarshi maydonga tushadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.