Ikardi het-triki Galatasaray tarixida yangi rekord o'rnatdi

Ikardi het-triki Galatasaray tarixida yangi rekord o'rnatdi

Turkiya chempionatining 22-turida Galatasaray Eyupsporni 5:1 hisobida yirik mag'lubiyatga uchratdi. Uchrashuv qahramoni argentinalik hujumchi Mauro Ikardi bo'ldi — u raqib darvozasiga uchta gol urdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shu het-trikdan keyin Ikardi Galatasaray tarixidagi eng sermahsul legionerga aylandi. U bu ko'rsatkich bo'yicha ruminiyalik Gheorghe Hadjini ortda qoldirdi: Hadjida 75 gol bo'lgan bo'lsa, Ikardining hisobida endi 76 ta gol bor.

Klub tarixidagi barcha to'purarlar umumiy ro'yxatida argentinalik futbolchi hozircha yettinchi pog'onani egallab turibdi. Eslatib o'tamiz, Mauro Ikardi 2023 yildan beri Galatasaray safida to'p tepadi, undan avval esa PSJda o'ynagan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.