Osimhen Juventus ustidan g'alabani ortiqcha nishonladi

Turkiyaning Galatasaray jamoasi Chempionlar ligasi pley-off bosqichidagi ilk uchrashuvda Turinning Juventus klubini ishonchli tarzda mag'lub etdi. Istanbul klubi raqib darvozasiga beshta gol urib, o'z darvozasidan atigi ikkita to'p o'tkazib yubordi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bahsda Viktor Osimhen eng faol futbolchilardan biri bo'ldi: u nafaqat gol urdi, balki jamoadoshlariga ham bir necha bor golli paslar uzatib, hujum chizig'ida katta ta'sir ko'rsatdi.
O'yindan keyin sobiq Napoli hujumchisi hissiyotlarga berilib ketdi. Xabar qilinishicha, u stadionning ichki yo'lagida quvonchdan kichik tartibsizlik qilib, yoritish uskunalaridan birini sindirib qo'ygan. Yetkazilgan zararni esa klub o'z hisobidan qoplagan.
Javob uchrashuvi bir haftadan so'ng Juventus maydonida bo'lib o'tadi.













