Denis Makarov Turkiyada ketma-ket ikki o‘yinni o‘tkazib yubordi

Denis Makarov Turkiyada ketma-ket ikki o‘yinni o‘tkazib yubordi

«Kayserispor» vingeri Denis Makarov Turkiya chempionatidagi so‘nggi ikki uchrashuvda maydonga tushmaganiga izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Futbolchining aytishicha, u mushakdagi mikrojarohat sabab ikki o‘yinni o‘tkazib yuborgan. Hozir esa muammo ortda qolgan: Makarov umumiy guruhda cheklovlarsiz shug‘ullanmoqda va «Antalyaspor»ga qarshi uy uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Makarov qishki transferlar vaqtida Moskvaning «Dinamo» klubidan erkin agent sifatida «Kayserispor» safiga kelib qo‘shilgandi. U Turkiya jamoasi tarkibida hozircha bitta o‘yinda qatnashdi va samarali harakatlar bilan ajralib chiqmadi.

Superliganing 23-turidan o‘rin olgan «Kayserispor» — «Antalyaspor» uchrashuvi 22-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.