Gabbia Milan natijasini ikki ochko yoqotish deb bildi

Gabbia Milan natijasini ikki ochko yoqotish deb bildi

“Milan” birinchi davrada “Como”ni yenggan bo‘lsa-da, bu safar raqibni yana mag‘lub eta olmadi. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

O‘yindan keyin “rossoneri” himoyachisi Matteo Gabbia natijani keskin baholadi: uning fikricha, jamoa bu bahsda ikki ochkoni qo‘ldan chiqardi. Futbolchi keyingi uchrashuv oldidan texnik jihatlarni tahlil qilib, xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqarish zarurligini ta’kidladi. Gabbianing so‘zlarini pianetamilan.it keltirdi.

Ayni paytda “Milan” A Seriya turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.