Marsel klubida yangi bosh murabbiy tayinlandi

Marsel klubida yangi bosh murabbiy tayinlandi

“Marsel” jamoasining yangi bosh murabbiyi Habib Beye bo‘ldi. 48 yoshli mutaxassis tayinlangani haqida klub matbuot xizmati rasman ma’lum qildi. Senegallik murabbiy bungacha “Renn”da ishlagan va shu oyning boshida u yerdagi lavozimini tark etgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Habib Beye futbolchi sifatida 2003–2007 yillarda “Marsel” safida to‘p surgan. U “oq-ko‘klar”da o‘tgan hafta iste’foga chiqqan Roberto de Zerbi o‘rnini egallaydi.

Liga 1 turnir jadvalida “Marsel” 22 turdan so‘ng 40 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa juma kuni chempionat doirasida safarda “Brest”ga qarshi maydonga tushadi, uchrashuv 00:45 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.