Marselda inqiroz: klub prezidenti Longoriya ham ketishi mumkin

Marselda inqiroz: klub prezidenti Longoriya ham ketishi mumkin

Fransuzning «Marsel» klubi mavsum o'rtasida jiddiy beqarorlikni boshdan kechirmoqda. Bosh murabbiy Roberto de Dzerbining ketishidan keyin sport direktori Mehdi Benatiya ham lavozimini tark etish haqida o'ylagani aytilgandi, biroq u qandaydir yo'l bilan qolishga ko'ndirilganga o'xshaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Endi esa klubning yana bir muhim shaxsi — prezident Pablo Longoriya ham ketish ehtimolini ko'rib chiqmoqda. Xabarlarga ko'ra, bunga «Marsel» egasi, amerikalik tadbirkor Frenk Makkurt Longoriyaning vakolatlarini qisqartirib, unga asosan vakillik vazifalarinigina qoldirishni rejalashtirgani sabab bo'lgan.

Eslatib o'tamiz, hozirda «Marsel» Fransiya Liga 1 turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.