Ronaldu murabbiydan uni muhim o'yinlarda asrashni so'radi

Ronaldu murabbiydan uni muhim o'yinlarda asrashni so'radi

"Al-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoa safida asosan eng muhim uchrashuvlarda maydonga tushishga tayyor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

365Scores Arabic xabariga ko'ra, 41 yoshli portugaliyalik futbolchi bosh murabbiy Jorje Jezushdan OFK Chempionlar ligasi o'yinlarida, turnirning hal qiluvchi bosqichlari boshlanguncha, uni imkon qadar kamroq ishlatishni so'ragan. Ronaldu ortiqcha yuklamadan qochib, asosiy bahslarga maksimal tayyorgarlik ko'rish va jahon chempionatiga optimal formada yetib borishni istamoqda.

Joriy mavsumda Ronaldu "Al-Nasr" safida 23 uchrashuvda 19 ta gol urdi. U Saudiya Arabistoni chempionati to'purarlari ro'yxatida Ayven Tonidan keyin ikkinchi o'rinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.