Fransiyada Golovin uchun diskvalifikatsiya muddati belgilandi

Fransiyada Golovin uchun diskvalifikatsiya muddati belgilandi

Fransiyada «Monako» yarimhimoyachisi Aleksandr Golovinning Liga 1 22-turida «Nant»ga qarshi o‘yindagi (3:1) qizil kartochka olgan epizodi intizomiy tartibda ko‘rib chiqildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Intizomiy qo‘mita yig‘ilishida futbolchining jazosi og‘irlashtirilmasligi haqida qaror qabul qilindi. Natijada Golovin bitta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, rossiyalik yarimhimoyachi Yevropa Chempionlar ligasi pley-off bosqichining ilk o‘yinida ham «PSJ»ga qarshi bahsda (2:3) maydondan chetlatilgandi.

Joriy mavsumda 29 yoshli futbolchi Fransiya chempionatida 16 ta o‘yinda qatnashib, 2 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifi bo‘lib turibdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.