Kubarasi Flik tashqaridan qattiqdek ko'rinsa ham qo'llaydi

Kubarasi Flik tashqaridan qattiqdek ko'rinsa ham qo'llaydi

"Barselona" himoyachisi Pau Kubarasi jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flikning uslubi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

19 yoshli futbolchining aytishicha, Flik doim futbolchilardan o'ziga ishonib, bemalol o'ynashni talab qiladi. Kubarasining ta'kidlashicha, chetdan qaraganda murabbiy ko'p baqirayotgandek tuyulishi mumkin, biroq jamoa ichida u futbolchilarni himoya qiladi va doim qo'llab-quvvatlaydi.

Joriy mavsumda Kubarasi barcha musobaqalarda 33 uchrashuvda maydonga tushib, bir gol muallifiga aylangan.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" so'nggi turda safarda "Jirona"ga 1:2 hisobida yutqazib, Ispaniya chempionatidagi peshqadamlikni boy berdi. 25-turda kataloniyaliklar 22-fevral kuni o'z maydonida "Levante"ni qabul qiladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.