Fransiyada Golovinning qizil kartasi bo'yicha qaror chiqarildi

Fransiyada Golovinning qizil kartasi bo'yicha qaror chiqarildi

Fransiyada 1-liganing 22-turida «Monako»ning «Nant»ga qarshi uchrashuvida (3:1) rossiyalik yarim himoyachi Aleksandr Golovin chetlatilgani bilan bog'liq vaziyat ko'rib chiqildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Intizom qo'mitasi yig'ilishida futbolchining jazosi og'irlashtirilmasligi ma'qullandi. Natijada Golovin bir o'yinga diskvalifikatsiya qilinadi.

Eslatib o'tamiz, Golovin Yevropa Chempionlar ligasi pley-off bosqichining ilk uchrashuvida ham «PSJ»ga qarshi bahsda (2:3) maydondan chetlatilgandi.

Joriy mavsumda 29 yoshli yarim himoyachi Fransiya chempionatida 16 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 4 ta assist qayd etgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.