Yelagin Fenerbahche va Nottingem uchrashuvi uchun prognoz berdi

Yelagin Fenerbahche va Nottingem uchrashuvi uchun prognoz berdi

Yevropa Ligasi pley-off bosqichidagi ilk styk bahsida Istanbulning «Fenerbahche» jamoasi «Nottingem Forest»ni qabul qiladi. Ushbu to‘qnashuv oldidan futbol sharhlovchisi Aleksandr Yelagin o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uning ta’kidlashicha, «Nottingem Forest» Angliya chempionatida quyi pog‘onalarga yaqin bo‘lsa-da, Yevropa Ligasida ancha munosib o‘yin ko‘rsatmoqda. Yelagin fikricha, bu juftlikda yaqqol favorit yo‘q, shu sababli gollar bo‘yicha variantni ko‘rib chiqish mantiqli: prognoz — o‘yinda 2-3 ta gol.

«Fenerbahche» — «Nottingem Forest» uchrashuvi bugun, 19-fevral kuni Istanbulda bo‘lib o‘tadi. Start hushtagi 22:45 da (Toshkent vaqti bilan) yangraydi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.