Slutskij boshqaruvidagi Shanghai Shenyhua ACLda mag'lub bo'ldi

Slutskij boshqaruvidagi Shanghai Shenyhua ACLda mag'lub bo'ldi

Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan keyin «Shanghai Shenyhua» pley-off umidlaridan ayrilgandi. 8-turda Leonid Slutskij jamoasi turnir bilan xayrlashish oldidan «Buriram Yunayted»ga qarshi hech bo'lmasa munosib yakun yasashga urinib ko'rdi, biroq buning uddasidan chiqa olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Tailand klubi uchrashuvni 2:0 hisobida o'z foydasiga hal qildi: dastlab 11-daqiqada Gud Ko'rtis, 22-daqiqada esa Suphanat Mueanta raqib darvozasini ishg'ol etdi. Tez orada «Shanghai Shenyhua» bir futbolchiga kamayib qolgani intrigani deyarli yo'q qildi.

Ma'lumot uchun, Leonid Slutskijning «Shanghai Shenyhua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.