Eder Militao aprelda Real safiga qaytishi kutilmoqda

Eder Militao aprelda Real safiga qaytishi kutilmoqda

«Real» himoyachisi Eder Militao mushak jarohati sabab jamoa tibbiy nazoratida qolmoqda. Braziliyalik futbolchi so‘nggi bor dekabr oyi boshida maydonga tushgan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

The Touchline nashri ASga tayanib xabar berishicha, Madrid klubi Militaoning aprelda to‘liq safga qaytishini kutmoqda. Shunday bo‘lsa, 28 yoshli himoyachi mavsumning hal qiluvchi qismida jamoaga yordam berishi mumkin.

O‘tgan tur yakunlariga ko‘ra «Real» Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida peshqadamlikni qo‘lga oldi. Madridliklar ikkinchi o‘rindagi «Barselona»dan ikki ochkoga oldinda bormoqda.

Hozir «Real» safarda «Osasuna»ga qarshi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rmoqda. O‘yin shanba kuni, 21-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.