Chilavert Mbappeni tanqid qildi va uni tinglamaslikka chaqirdi

Chilavert Mbappeni tanqid qildi va uni tinglamaslikka chaqirdi

Paragvay terma jamoasining sobiq darvozaboni Xose-Luis Chilavert Madridning «Real» klubi va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappening bayonotlariga quloq solmaslik kerakligini aytdi. Mbappe jamoaddoshi Vinisius Juniorni qo‘llab-quvvatlagandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Eslatib o‘tamiz, Vinisius Chempionlar ligasi pley-off bosqichida «Real» — «Benfika» uchrashuvida «Benfika» futbolchisi Janluka Prestianidan irqchilikka oid haqorat bo‘lganini ta’kidlagan.

A Bola nashri keltirgan iqtibosda Chilavert Mbappening Vinisius bilan birdamligi haqida keskin fikr bildirgan. Uning aytishicha, Mbappe qadriyatlar haqida gapirsa-da, shaxsiy hayoti borasida o‘zi aytayotgan tamoyillarga zid holat mavjud.

Shuningdek, Chilavert bunday birga yashashni erkak uchun normal holat deb hisoblamasligini bildirib, munosabatlar uchun ayollar borligini eslatgan.

* Izoh: asl manbada LGBT harakati haqida Rossiyada taqiqlangani bo‘yicha eslatma berilgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.