Chempionlar ligasida «Inter»ni maydon sifati g'azablantirdi

Chempionlar ligasida «Inter»ni maydon sifati g'azablantirdi

Chempionlar ligasi pley-off bosqichi ilk uchrashuvida «Budo-Glimt» o'z maydonida «Inter»ni 3:1 hisobida mag'lub etdi. La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, milanliklar o'yin standartlariga javob bermaydigan maydonda o'ynashga majbur bo'lgani uchun norozi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ma'lumki, «Budo-Glimt» sun'iy qoplamali stadionda o'ynaydi. Uchrashuvdan oldin «Inter» norasmiy tarzda UEFAga murojaat qilib, maydon holati futbolchilar xavfsizligiga ta'sir qilishi mumkinligidan xavotir bildirgan. Bahsdan keyin esa «neradzurrilar»ning jahli yanada chiqdi — Lautaro Martines jarohat oldi.

Javob o'yini seshanba, 24 fevral kuni «Inter» maydonida bo'lib o'tadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.