Chilavert Mbappeni tinglamaslikka chaqirdi va keskin fikr bildirdi

Paragvay terma jamoasining sobiq darvozaboni Xose-Luis Chilavert Madridning “Real” klubi hamda Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappening bayonotlariga quloq solmaslik kerakligini aytdi. Mbappe avvalroq jamoadoshi Vinisius Juniorga nisbatan bildirilgan da’volar fonida uni qo‘llab-quvvatlagan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Eslatib o‘tamiz, Vinisius Chempionlar ligasi pley-offidagi “Benfika”ga qarshi uchrashuvda raqib futbolchisi Janluka Prestiani tomonidan o‘ziga nisbatan irqchilik bo‘lganini ta’kidlagan.
Chilavert bu vaziyat bo‘yicha Mbappening “qadriyatlar” haqidagi gaplarini tanqid qildi. A Bola nashri keltirgan iqtibosda u Mbappening shaxsiy hayotiga doir haqoratli va kamsituvchi izohlar ham bildirgan.
Shuningdek, Chilavert erkak uchun bunday birga yashashni “normal holat emas” deb atab, munosabatlar masalasida o‘z qarashlarini ham qo‘shib o‘tgan.













