Ronaldu murabbiydan uni kamroq o'yinga tushirishni so'radi

Ronaldu murabbiydan uni kamroq o'yinga tushirishni so'radi

«Al-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoada asosan eng muhim uchrashuvlarda maydonga tushishga tayyor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

365Scores Arabic xabariga ko'ra, 41 yoshli portugaliyalik futbolchi bosh murabbiy Zhorzhe Zhezushdan OFK Chempionlar ligasi o'yinlarida hal qiluvchi bosqichlar boshlanguniga qadar uni imkon qadar kamroq ishlatishni so'ragan. Ronaldu ortiqcha yuklamadan qochib, muhim bahslarga maksimal tayyor holatda kirish va optimal sport formasini saqlab qolishni istamoqda.

Joriy mavsumda Ronaldu «Al-Nasr» safida 23 ta o'yinda 19 bor raqib darvozasini ishg'ol qildi. U Saudiya Arabistoni chempionati to'purarlari ro'yxatida Ayven Tonidan keyin ikkinchi o'rinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.