Vlahovich mavsumdan keyin Barselonaga yo'l olmoqchi

Vlahovich mavsumdan keyin Barselonaga yo'l olmoqchi

“Yuventus” hujumchisi Dushan Vlahovich mavsum yakunlangach faoliyatini “Barselona”da davom ettirish niyatida. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Serbiyalik futbolchining shartnomasi kelasi yozda yakuniga yetadi va katta ehtimol bilan uzaytirilmaydi. Tuttosport xabariga ko‘ra, 26 yoshli forvard keyingi qadam borasida tanlovini qilgan — u “Barselona”ga erkin agent sifatida o‘tishni maqsad qilgan. Kataloniya klubi Vlahovich uchun kurashda hozircha peshqadam bo‘lib turibdi va transferni amalga oshirish uchun dastlabki ishlarni boshlab yuborgan.

Manbalarga ko‘ra, “Barselona”da Vlahovich Robert Levandovskining o‘rnini bosishi kutilmoqda: polshalik hujumchining amaldagi kelishuvi ham iyun oxirida yakunlanadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.