Merson Manchester Siti Arsenalni jazolashini aytdi

Merson Manchester Siti Arsenalni jazolashini aytdi

“Arsenal”ning sobiq futbolchisi Pol Merson jamoaning “Vulverhempton”ga qarshi uchrashuvda durang o‘ynab qo‘yganidan xavotir bildirdi. Uning fikricha, umidsiz autsayder bilan o‘yinda yo‘qotilgan ochkolar Mikel Arteta jamoasiga qimmatga tushishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Merson “Manchester Siti” bunday xatolarni kechirmasligini ta’kidladi va so‘nggi yillarda ko‘p bor kuzatilgan ssenariy takrorlanishidan cho‘chimoqda. “Bu o‘yinni “Arsenal” yana ko‘p marta eslaydi. Cho‘ntakda turgan ikki ochko qo‘ldan ketdi. “Manchester Siti” buning uchun jazolaydi. Bu omadsizlikka ishonolmayman”, — deya uning so‘zlarini BBC Sport keltiradi.

“Arsenal” oxirgi bor Angliya chempionligini 2004 yilda qo‘lga kiritgan. Hozir londonliklar raqiblaridan 5 ochko oldinda, biroq “Manchester Siti”ning bitta zaxira o‘yini bor.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.